YeTTB 2023 va 2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston, iqtisodiyoti 2023 yilda o‘rtacha 5,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi 2024 yilda 5,4 foiz atrofida o‘sishda davom etishi kutilmoqda. YeTTB press-relizida qayd etilishicha, 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishga erishgan, bu tashqi va ichki talab sharoitlarining sezilarli yaxshilanganini, jumladan, pul o‘tkazmalari ikki baravardan ziyod oshganini ko‘rsatadi.
Iqtisodiyot 2023-2024 yillarda xorijiy investitsiyalar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarning kirib kelishi, yaxshi boshqariladigan xususiylashtirish va ishbilarmonlik muhiti islohotlari natijasida 6,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.