Yetti nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi

Boks bo‘yicha 2021 yilgi Osiyo chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda to‘liq tarkibda qatnashgan terma jamoamizning yetti nafar vakili chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi.

Faqat uch nafar bokschimiz yarim finalda mag‘lub bo‘ldi va Osiyo chempionatining bronza medali bilan kifoyalandi.

Natijalar bilan tanishing:

-49 kilogramm: Nodirjon Mirzaahmedov mo‘g‘ulistonlik Unubold Orxontangalagnoni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;

-52 kilogramm: Shahobiddin Zoirov qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevni 4:1 hisobida taslim etdi;

-57 kilogramm: Mirazizbek Mirzaxalilov filippinlik Junmilardo Ogayredan 5:0 hisobida ustun keldi;

-60 kilogramm: Abdumalik Xalakov mo‘g‘ulistonlik Senbataar Erdenebatga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi;

-64 kilogramm: Elnur Abduraimov Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Baatarsuxga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi;

-69 kilogramm: Bobousmon Boturov raqibi hindistonlik Vikas Krishan jangni davom ettira olmagani evaziga texnik g‘alabaga erishdi;

-75 kilogramm: Saidjamshid Ja’farov filippinlik Eumir Marsyalni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;

-81 kilogramm: Dilshodbek Ro‘zmetov tojikistonlik Shabbos Negmatulloyevni 5:0 hisobida yengdi;

-91 kilogramm: Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjitga 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov quvaytlik Alanzi Abdurrahmonni 2-raundda texnik nokaut evaziga taslim etdi.