Euronews muxbiri: Afg‘oniston zarur yordamni ololmasa, iqtisodiyot butunlay qulaydi
Tolibonlar tuzadigan Afg‘oniston hukumati oldida katta vazifalar turibdi. Birinchidan, mamlakat iqtisodiyoti vayron bo‘ldi. Agar guruh yaqin kelajakda zarur yordamni ololmasa, iqtisodiyot butunlay qulaydi", deya xabar bermoqda Euronews muxbiri Aneliz Borjes. "Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Tolibon» xalqaro miqyosda e’tirof etilishi yoki hech bo‘lmaganda davlat pul, dori-darmon va oziq-ovqat bilan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Bunday yordamni faqat havo yo‘li orqali yetkazish mumkin. «Tolibon» bir necha kun ichida Qobuldagi xalqaro aeroportni ochishga va’da bermoqda.
Mamlakat va xalq uchun ko‘p narsa hal qiluvchi pog‘onaga yetdi. Asosan afg‘onlar kundalik ishlari bilan shug‘ullanishga harakat qilishmoqda. Lekin odamlar kelajakdan xavotirda. Ular o‘tmishni eslashini, guruhga ishonish qiyinligi va «Tolibon» boshqaruvi davrida faqat yaxshilikka umid qilishlarini aytishdi".
Ayni payta Afg‘oniston xalqi «Tolibon»ning yangi hukumat tuzishini kutmoqda. «Tolibon» radikal harakati vakili Zabihulloh Mujohidning aytishicha, buni imkon qadar tezroq qilish rejalashtirilgan. Lekin Mujohid allaqachon yangi kabinetda ayollar bo‘lmasligini aytgan. Bir qator axborot agentliklarining xabar berishicha, «Tolibon» hukumat tarkibi haqidagi qarorni bugun, 3 sentyabrda e’lon qiladi.