Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ever Given konteyner kemasi musodara qilinadi

Gap bir hafta davomida Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan ulkan kema haqida bormoqda. Gap shundaki, shorouknews.com sayti xabar berishicha, Misrning Ismoiliya shahar iqtisodiy masalalar bo‘yicha sudi Ever Given konteyner kemasini musodara qilishga qaror qilgan.

"Sud qaroriga binoan kema musodara qilinadi va sud nazorati ostida bo‘ladi. Suvaysh kanali ma’muriyatiga 900 million dollar miqdorida tovon puli to‘lanmaguncha uni tasarruf etish taqiqlanadi", deyilgan xabarda.

Kompensatsiya miqdoriga kemani sayozlikdan olib chiqish, uni ta’mirlash, yo‘l to‘silib qolgani tufayli zararlar uchun kanal ma’muriyati sarf qilgan xarajatlar kiradi.

Ma’lumot o‘rnida: 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga yo‘l olgan Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanalidagi transport harakatini butunlay to‘sib qo‘ydi. Oqibatda yuzlab kemalar to‘planib qoldi. 29 mart kuni kema farvaterga qaytarildi, ammo noqulay ob-havo tufayli u yana tiqilib qoldi. O‘sha kuni kechqurun esa holat to‘liq tiklandi.