Yevropa Ittifoqi Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy etmaydigan bo‘ldi

Yevropa Ittifoqi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalar joriy etmaydi. Bu haqda 4 sentyabr kuni “Die Welt” nashri xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Italiya sanksiyalar joriy etilishiga qarshi bo‘lishgan. Ular “muzokaralar yo‘llarini ochiq holda saqlanib qolinishini” istagan.
Shu bilan birga, YeIning bir qator davlatlari, jumladan, Polsha va Boltiq bo‘yi davlatlari Lukashenkoni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishini talab qilishgan.