Yevropada yomg‘ir yog‘ishi tinmayapti
- 15.07.2021 14:46
- 110
- Xorij
Yomg‘ir ularni tom ma’noda yuvib ketdi – Germaniyaning Adenau shahrida kamida 60 kishi bedarak yo‘qolgan, ularning uylari kuchli, davomli yomg‘ir sababli qulagan. Yana 25 ta turar-joy binolari tahdid ostida, deya xabar berdi mahalliy politsiya.
Fojiaga "aybdor" Markaziy va G‘arbiy Yevropaga misli ko‘rilmagan yog‘ingarchilik olib kelgan "Bernd" siklonidir.
Belgiyada Lej va shahar atrofi «qizil hudud» deya e’lon qilindi, u yerda hafta oxirigacha yomg‘ir yog‘adi. Sinoptiklar xabar berishicha, mintaqada kuniga oylik miqdorida yog‘ingarchilik tushmoqda.
Fransiya, Shveysariya va Gollandiya meteorologlari ham hushyor holatda. Ularda ham chorshanbadan beri kuchli yomg‘ir to‘xtamayapti. Rasmiylar iyulga xos bo‘lmagan hodisa – daryoning toshib ketishidan qo‘rqmoqda. Ammo Yevropaning janubi-sharqida yomg‘ir ayni muddao bo‘lardi: u yerda anomal jazirama qayd etildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa