Yevropa Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor. Amerikada yashash uchun “oltin karta”lar joriy etiladi. Turkmanistonda xotin-qizlarga 60 manatdan beriladi

🔹 AQSh sudi Tramp ma’muriyatiga xorijiy yordamni ochish uchun ikki kundan kamroq vaqt berdi. Federal sudya hukumatni 13 fevraldagi USAID va Davlat departamenti dasturlarini moliyalashtirishni tiklashni talab qilgan qarorini bajarmaganlikda ayblagan. Mablag‘lar Trampning xorijdagi "samarasiz" dasturlarni tugatishga qaratilgan buyrug‘iga binoan muzlatib qo‘yilgan edi.

🔹 Yevropa qo‘shinlari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlaydi, ammo AQShning yordami ham zarur. O‘t ochishni to‘xtatishni kafolatlash uchun Ukrainaga yevropalik askarlarni yuborish haqida umumiy kelishuv mavjud. Britaniya, Germaniya va Fransiya bunga tayyor. Boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari ham hissa qo‘shadi, deyiladi Fransiya moliya vaziri bayonotida.

🔹 Rossiya Mudofaa vazirligi yil boshidan beri amalga oshirilgan eng yirik dron hujumi, ya’ni Ukrainaning 128 ta uchuvchisiz samolyoti yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi. Krasnodarda uchta turar-joyga zarar yetgan, aholi orasida qurbonlar yo‘q.

🔹 Sudanda texnik nosozlik sabab harbiy samolyot turar-joy binolari ustiga quladi. Oqibatda 45 kishi halok bo‘lgan.

🔹 AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiy 28 fevral kuni Vashingtonga Ukraina noyob yer elementlari bo‘yicha kelishuvni imzolash uchun kelishini ma’lum qildi.

🔹 Rossiyada dollar tushmoqda, ekspertlar fikricha, agar Rossiyada dollar 80 rublgacha tushsa, rasmiylar uning kursini 96 rublga qaytarishga harakat qiladi. Rublning juda mustahkamlanishi mamlakat uchun befoyda, chunki dollar har bir qadrsizlanishi neft va gaz daromadini taxminan 113 milliard rublga qisqartiradi.

🔹 Yaponiyaning qirg‘oqlari - Xonsyu (Yaponiya) oroli janubida 5,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Shuningdek, Indoneziya markazida 6,1 magnitudali zilzila yuz bergan. Ikkala zilzila “halokatli” deb baholanadi.

🔹 AQSh prezidenti AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi 5 million dollarlik "oltin karta"lar sotilishini e’lon qildi.

🔹 Ukrainani qayta tiklash uchun 500 milliard yevro talab etiladi. Yil davomida bu miqdor 7 foizga o‘sgan, deyiladi Yevropa va BMTning Jahon banki hukumati tadqiqotida.

🔹 Turkmaniston prezidenti Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakat xotin-qizlariga 60 manat pul berishni buyurdi. To‘lovlar tashkilotlar xodimlari, nafaqaxo‘rlar, talaba va o‘quvchi-qizlar, hatto bog‘cha bolalariga beriladi. Bunday amaliyot mamlakatda 2019 yildan buyon mavjud.

G.Xoldorova tayyorladi.