Fir’avnlar mumiyosi xatarlimi?

Misrda juda ko‘p to‘plangan odamlar huzurida qadim hukmron fir’avnlardan birining tobuti ochildi. To‘planganlarda bu xatarli emasmikan? Ichida dahshatli biror virus yoki mikroblar yo‘qmikan, degan xavotir uyg‘otdi.

- Misr mumiyolari turli davrlarda ilgari ham ochilgan, - deydi rossiyalik futurolog, kriokampaniya rahbari Danil Medvedev. – U yerda hech qanday xatar yo‘qligiga ishonch hosil qilingan. Aftidan, fir’avnlar davrida dahshatli epidemiyalar bo‘lmagan. Agar bo‘lganida ochib ko‘rilgan mumiyolangan jasadlar tadqiqotchilarga XVIII-XIX asrlardayoq kasallikni yuqtirgan bo‘lardi, albatta.

«AiF» (2020 yil, 43-son) asosida T.MUROD tayyorladi.