Farg‘onada ichki ishlar muassasasida vafot etgan o‘smir voqeasidan so‘ng ikki nafar IIB xodimi qo‘lga olindi

Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Viloyat prokuraturasi tomonidan 14 yoshli voyaga yetmagan shaxs ichki ishlar muassasasida vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi doirasida 2 nafar sobiq IIB xodimi o‘zlariga yuklatilgan vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani, markazda saqlanayotgan R.Abdusattorov (marhum) ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilar tomonidan kun davomida muntazam ravishda urib-do‘pposlanib, unga og‘ir darajadagi tan jarohatlari yetkazilib, o‘limiga sababchi bo‘lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan sobiq IIB markaz tarbiyachisi hamda navbatchilik smenasi inspektor-navbatchisi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasi tartibida ushlangan. Ularga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.