Farrosh kasofati

AQShning Nyu-York shtati Troy shahrida joylashgan Rennis Seller politexnika universitetida yangi tipdagi quyosh panellarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘p yillik tajribalar o‘tkazilgan.

O‘shanda olimlar 10 yillik tajriba materiallarini Selsiy bo‘yicha qat’iy -44 daraja haroratda muzlatkichda saqlayotgan edilar. Bir kuni kutilmaganda muzlatkich kamerasi «guldirab» qoladi, ammo ishlashda davom etadi. Mutaxasislar bunday holda ular kelmaguncha hech kim hech narsaga teginmaslikni tayinlashgan edi. Biroq ulardan oldin ishga kelgan farrosh muzlatkichni guldirashini bartaraf etmoqchi bo‘lib “rubilnik”ni o‘chirdi, kamera ishlashdan to‘xtadi...

Oqibatda olimlarning 10 yillik kuzatuv natijalari esa butunlay yo‘qoldi.

Magnit bakteriyalarni tutadi

Aniqlanishicha, oddiy magnit bilan metall qirindilar kabi bakteriyalarni yig‘ib olsa bo‘larkan.

To‘g‘ri, hamma bakteriyalar magnitga yopishmaydi. Faqat Tinch okeani tubida Marian pastteksligidagi issiq suvda yashovchi bakteriyalar magnitga yopishadi. Magnit bakteriyasini yapon tadqiqotchilari 3 kilometr chuqurlikdagi 400 daraja issiq suvda aniqlashdi. “Nitrospinae” deb nom olgan mikroorganizmlarni oddiy magnit bilan yig‘ib olish mumkin. Ularni yer magnit maydoniga qarab yo‘nalgani olimlarni qiziqtirib qoldi. Natijada ular bakteriyalarning bu xususiyatidan bemorlarni davolashda dorilarni organizmning zarur nuqtasiga yetkazib berishda foydalanish mumkinligini yaratdilar.

T.Shomurodov tayyorladi.