Fil tushib ketgani bilan mashhur bo‘lgan monorels qayerda joylashgan?
Dunyodagi eng qadimgi, ammo hali ham ishlaydigan bu monorels (bir izli osma yo‘l) bir asrdan oldin qurilgan. Ushbu qurilma “Vuppertal osma temir yo‘li” deb ataladi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu yerda poyezdlar osilib turadi. Qiziqarlisi, bu monorels yo‘li asosan daryo usti bo‘ylab yotqizilgan.
Germaniyaning Vuppertal shahrida joylashgan bu monorelsda poyezdlar suv yoqalab emas, balki paroxod yurishiga o‘xshab suv bo‘ylab (faqat tepada) harakatlanadi. Shu sababli 1897 va 1903 yillar orasida qurilgan monorels shahar aholisi uchun nafaqat transport vositasi, balki sayyohlarni qiziqtiradigan diqqatga sazovor joyga aylangan. Ko‘pchilik Vuppertaldagi turli joylarda balandligi 7 metrdan 13 metrgacha bo‘lgan poyezdga minishga qiziqib, bu yerga keladi.
Bundan tashqari, ushbu monorels 1950 yilda sirk shousini reklama qilish maqsadida unga olib chiqilgan fil, aniqrog‘i fil bolasi tushib ketgani bilan ham mashhur.
Fil bolasi yosh, lekin og‘ir edi – vagonlar albatta uning og‘irligiga bardosh berdi, biroq poyezd tebranishni boshlaganda, hayvon qo‘rquvdan sarosimaga tushib, vagon bo‘ylab yugura boshladi, so‘ng yon devorni yorib o‘tib pastga qulab tushdi.
Shu vaqtda poyezd daryo ustidan harakatlanayotgan edi, agar olgan stressni hisobga olmasak, filcha shunchaki cho‘milib oldi. Ruhiy zarbani hayvon urib ketgan va ular ham suvga tushib ketgan uch kishi oldi. Aytgancha, ulardan ikkitasi jurnalist edi – bu voqeani butun dunyoga tanitishda ularning hissasi bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.
Bu voqeadan so‘ng fil yana 39 yil yashadi va bu sarguzashtdan kelib chiqib unga Tuffi (italyanchadan g‘avvos deb tarjima qilinadi) ismini berishdi. Schwebebahn Wuppertalda bu voqea abadiylashtirildi - Tuffi qulagan joyning yaqin atrofidagi binoda fil tasviri belgilangan va voqea sanasi butun shaharda nishonlanadi.