Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling – Samarqandda nodavlat oliy ta’lim muassasasi yo‘q
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy bo‘limi farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish istagida bo‘lgan ota-onalarni Samarqand viloyatidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasida o‘qishni taklif qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishdan va ularga aldanib qolmaslikka chaqirdi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida 12 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ya’ni,
- Samarqand davlat universiteti (SamDU);
- Samarqand davlat tibbiyot instituti(SamDTI);
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti(SamDAQI);
- Samarqand davlat chet tillar instituti(SamdChTI);
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti(SamISI);
- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti(SamVMI);
- “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;
- Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali;
- Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali;
- Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
Shu bilan birga Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar institutining Narpay xorijiy tillar va Payariq xorijiy tillar fakultetlari tashkil etilgan.
Samarqand viloyati hududida bugungi kunda birorta nodavlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etilmaganligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.