Forbes dunyoning eng qimmat brendlarini e’lon qildi: hayratlanarli ko‘rsatkichlar

Tahririyati AQShda joylashgan, asosan, moliyaviy statistikalarni chop etish bilan dunyoga tanilgan Forbes nashri dunyoning eng qimmat brendlarini e’lon qildi.

Bu safar ro‘yxat olinayotgan yillik  foyda ko‘rsatkichi bo‘yicha tuzildi.

Apple korporatsiyasi ro‘yxatda o‘zining yillik 266 mlrd dollarlik foydasi bilan 1-o‘rinni oldi va dunyoning eng qimmat brendi deb topildi.

Kuchli uchlikdan Google (136 mlrd dollar sof foyda) va Microsoft (110 mlrd sof foyda) korporatsiyalari o‘rin olishdi.

Amazon 4-o‘rinda, undan so‘ng  Facebook, Coca-Cola, Samsung, Disney, Toyota va McDonald’s brendlari joy olishdi.

Umumiy 100 ta eng qimmat brendning yillik foydasi 2.33 trln dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 8 foizga ko‘proqdir.

Eng tez rivojlanayotgan brendlar asosan, AT sohasidagi brendlar hisoblanishadi.  Jumladan, Amazon kompaniyasining oxirgi bir yillik foydasi 37% ga o‘sib, 97 mlrd dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, Netflix (+34 foiz), Google (+27 foiz) i Adobe (+27 foiz) kompaniyalarida eng yaxshi o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘lgan.

100 talik ro‘yxatdan AQShning 56 ta brendi joy oldi. Undan so‘ng Germaniya 11, Fransiya 7 , Yaponiya 6 brendi bilan joy oldi.