Fotoreportaj: Uydan chiqmang deyilsa-da, Samarqand shahri ko‘chalari nega gavjum?
- 24.03.2020 17:58
- 1608
- Fotoxabarlar
Teleradiokanallar, gazeta va jurnallar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali karantin e’lon qilingani sababli zarurat bo‘lmasa, uyda qolish, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan keksalarga ko‘chaga chiqmaslik takror-takror aytilmoqda.
Ushbu tavsiyalarga qaramasdan, Samarqand shahridagi bekatlar, avtobuslar, hatto xiyobonlarda fuqarolarning to‘planib turganiga guvoh bo‘lyapmiz. Achinarlisi, ularning ayrimlari tibbiy niqob ham taqishmagan. To‘g‘ri, niqobsiz yurganlar ichki ishlar xodimlari tomonidan ogohlantirilyapti. Ammo o‘z salomatligimizga o‘zimiz mas’ul bo‘lishimiz kerak emasmi?
O‘zingizni ehtiyot qiling, befarq bo‘lmang!