Xorijdan qaytganlar 14 kunlik karantinni bepul karantin markazida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berildi.

Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra, 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada o‘tkazishda karantin nazorati davrini mehmonxonalarda o‘tkazishning vaqtinchalik tartibiga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.