Fransiya: 17 yoshli yigitning o‘ldirilishi ortidan tartibsizliklar davom etmoqda
Fransiyada kechasi politsiyachi tomonidan 17 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi oqibatida yuz bergan tartibsizliklar chog‘ida qo‘lga olinganlar soni 421 nafarga yetdi. Bu haqda BFM telekanali ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.
Nanterda vaziyat keskinligicha qolmoqda, to‘qnashuvlar davom yetmoqda.
27 iyun kuni 17 yoshli "Mercedes" haydovchisining politsiyachi tomonidan o‘ldirilishi Nanterda tartibsizliklarni keltirib chiqardi, keyinchalik ular boshqa kommunalar va Tuluza, Lion, Marsel, Strasburg, Lill va Dijon kabi yirik shaharlarga tarqalgan. 29 iyunga o‘tar kechasi bir necha o‘nlab politsiya mashinalari, shuningdek komissarlik va ma’muriy organlar binolari yoqib yuborilgan, ta’lim muassasalariga zarar yetkazilgan.
30 iyunga o‘tar kechasi Fransiya ichki ishlar vazirligi davom etayotgan tartibsizliklarni bostirish uchun 40 ming politsiyachini safarbar etgan. Mamlakatning ayrim shaharlarida zirhli texnika va vertolyotlardan foydalangan holda maxsus kuchlar patrullik qilmoqda.