Fransiyada tibbiyot xodimlari norozilik namoyishiga chiqdi

Ular tibbiy moliyalashtirishni ko‘tarishni talab qilmoqda. Namoyishlar mamlakatning o‘nlab shaharlarida o‘tkazilmoqda.
Oldinroq, 16 iyun kuni Parijda shunday namoyishlar o‘tkazilgan edi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni Parij ko‘chalariga 100 mingdan ortiq tibbiy xodim chiqqan.
Shu bilan birga, ispaniyalik tibbiy xodimlar ham norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda. Ular kasalxonalardagi ish o‘rinlarini ko‘paytirishni talab qilmoqda. Namoyish faollarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat kasalxonalarida ish o‘rinlari va bemorlar uchun o‘rinlar yetishmaydi.