Fransiyada yuzlab mashinalar yoqib yuborildi
Yangi yil oqshomida Fransiya bo‘ylab 900 ga yaqin avtomashinalar yoqib yuborildi. Bu haqda Europe 1 radiosi xabar berdi.
Bir yil oldin mamlakat tarixida rekord ko‘rsatkich - 1457 ta o‘t qo‘yish qayd etilgan edi. Bu safar hududni muhofaza qilish idoralari yil yakuni voqealari ro‘yxatida yangi yil kuni yonib ketgan mashinalar sonini ko‘rsatmadi.
Gap shundaki, ichki ishlar vaziri Jerald Darmanan prefektlardan bunday jinoyatlar sodir etishni yoshlar orasida «musobaqa»ga aylantirmaslik uchun ma’lumot berishdan cheklanishni talab qildi. Ma’lumki, mamlakatda ko‘p yillardan buyon 1 yanvarga o‘tar kechasi avtomashinalarni yoqish an’anaviy tus olgan. Ammo hukumat bu borada hech narsa qila olmayapti.
1 yanvardan boshlab 15 fransuz departamentida cheklovlar kuchaytirildi. Bundan buyon komendantlik soati 18:00 da boshlanadi. Hukumat rasmiy vakili Gabriel Attal tajriba bir hafta davom etishi, shundan keyin rasmiylar uning natijasini o‘rganib bir qarorga kelishini ta’kidladi.