Fransiyada fermerlar namoyishlari davom etmoqda
Bir necha kundirki, Fransiyada fermerlar norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.
Mamlakat prezidenti Makron fermerlarning noroziliklari fonida Yevropa komissiyasini Merkosur mamlakatlari (Janubiy Amerika davlatlarining iqtisodiy birlashmasi) bilan muzokaralarni to‘xtatishga chaqirdi.
Parij Merkosur fermerlari Yevropa qoidalariga amal qilmaguncha erkin savdo kelishuviga qarshi.
Bugun Fransiya hukumati fermerlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni e’lon qilishi kutilmoqda.
Ayni paytda jandarmeriyaning zirhli mashinalari Yevropadagi eng yirik qishloq xo‘jaligi bozorini "qamal qilish" uchun yo‘lga chiqqan fransuz fermerlari kolonnasini to‘sib qo‘ygan.
Fransuz fermerlari Parij yaqinidagi ushbu bozorga dalalar orqali yo‘l olishga qaror qilishgan.