Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolati 5 yilga uzaytirildi
![](https://static.zarnews.uz/crop/5/3/720__80_5349a098e538d011309cf9ea607a348a.jpg?img=self&v=1739379665)
Joriy yil 11 fevralda qabul qilingan qonun Qonun (O‘RQ-1027-son, 11.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari ham aniqlashtirildi.