Fuqarolarni Meksika orqali noqonuniy tarzda AQShga yubormoqchi bo‘lgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi Sh.Q. fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u hozirda Yevropa davlatlari orqali Meksika davlatiga, so‘ngra Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib o‘tishni va’da qilib, har bir shaxs uchun 16.000 AQSh dollar miqdorida pul talab qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 8 000 AQSh dollari miqdorida pullarni so‘rab kelayotgan bo‘lgan.

Samarqand tuman “Oq masjid” mahallasida o‘tkazilgan faol tadbirda Sh.Q. tadbirga jalb qilingan mahalliy fuqarodan 8 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Q.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.