Futbol: Yevropada Superliga - yangi turnir tashkil etildi

Ko‘hna qit’a miqyosida yangi turnir vujudga keldi. Yevropa Superligasi deya nom olgan ushbu turnir ko‘p jihatlari bilan Yevropa Chempionlar Ligasi (YeChL)dan ajralib turishi aytilmoqda.

"Sky Sports" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur chempionatda qatnashmoqchi bo‘lgan klublar translatsiya daromadlarining katta qismini oladi. Bu loyihani moliyalashtirish qariyb 6 milliard yevroni tashkil etadi. Biroq UYeFA bu musobaqaning yaratilishiga qarshi va ushbu turnirda qatgashgan klublarni YeChLdan chetlatishi mumkin. Shuningdek, A Seriya, La Liga va APL ham Yevropa Superligasida o‘ynagan jamoalarni milliy chempionat o‘yinlarida qatnashishini taqiqlaydi va yana unda harakat qilgan futbolchilar terma jamoalariga ham chaqirilmaydi.

Hozircha ushbu turnirda qatnashish taklifini "Manchester Yunayted", "Liverpul" "Manchester Siti" "Real Madrid, "Atletiko" , "Chelsi, "Tottenhem", "Barcyelona", "Arsenal", "Inter", "Milan", "Yuventus" kabi jamoalar bildirgan. “PSJ” va "Bavariya" esa bu taklifga rad javobini bergan.

FIFA ham bu masalani e’tiborsiz qoldirmaydi va oktyabr oyida bayonot berib, bu holat rasmiy bosqichga yetib borsagina aralashishi mumkin.

Ushbu g‘oya tashabbuskori "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres hisoblanadi. Shuningdek, bir qator klub prezidentlari bu borada Peresni qo‘llab-quvvatlamoqda. UYeFA bu turnirda qatnashish niyatini bildirgan klublar bilan sudlashish niyatida.

D. To‘xtayev tayyorladi.