Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Futbol: Ishtixonliklar "Charm to‘p-2020" musobaqasining respublika bosqichida to‘p tepadi

Samarqand shahar 2-bolalar-o‘smirlar sport maktabi futbol o‘yingohida 15-16 yoshli bolalar o‘rtasida mahallalararo "Charm to‘p-2020" musobaqasining viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur musobaqa yakunida Ishtixon tumanining Minglar mahallasi jamoasi g‘olib bo‘lib, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni Paxtachi tumanining Baland rabot mahallasi jamoasi egallagan bo‘lsa, Samarqand tumanining Ohalik mahallasi jamoasi uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

"Futbolimiz kelajagi" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Samarqand shahridagi 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabining futbol  o‘yingohida 9-12 yoshli bolalar o‘rtasida "Futbolimiz kelajagi" musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, Paxtachi tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ishtixonliklar ikkinchi va Samarqand shahar jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Mahallada futbol"  musobaqasining viloyat bosqichi g‘olibi qo‘shrabotliklar bo‘ldi

Samarqand shahridagi 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tgan 13-14 yoshli bolalar o‘rtasidagi "Mahallada futbol" musobaqasida Qo‘shrabot tumani jamoasi g‘olib bo‘ldi. Bulung‘urliklar ikkinchi va Past Darg‘om tumani jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Ahror ShAMSIYeV.