G20 sammiti o‘tadigan Balida halokatli suv toshqinlari kutilmoqda

Indoneziya milliy meteorologiya agentligi noyabr oyi o‘rtalarida G20 sammiti bo‘lib o‘tadigan Bali hukumatini yaqin kelajakda orolda halokatli suv toshqinlari yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda ANTARA.

Meteorologiya agentligi rahbari Abdul Muharining ta’kidlashicha, qirg‘oq bo‘yi bufer zonalarining "shiddatli" qisqarishi tufayli ayniqsa hozir Bali himoyasiz.

"Biz halokatli tabiiy ofatlar ehtimolidan boxabar bo‘lishimiz kerak, chunki so‘nggi ikki hafta davomida Balidagi vaziyat noxushdir", degan u Jakartada.

“Orol rasmiylari bundan xabardor bo‘lishi kerak, chunki Balida G20 sammiti o‘tkaziladi”, — deya qo‘shimcha qildi Muhari.

Avvalroq, Bali gubernatori Vayan Koster so‘nggi haftalarda Balida sodir bo‘lgan bir qator tabiiy ofatlar noyabrda o‘tkaziladigan G20 yig‘ilishiga xalaqit bermasligini aytgan edi.