G20ga start berildi: "dunyo tartibi" g‘alayonlari davrida paydo bo‘lgan birlashuv maqsadi nima edi va nimalar ko‘zlanmoqda?
G20 davlatlari guruhi 1999 yilda Osiyoni qamrab olgan, jahon iqtisodiyotini zaiflashtirgan moliyaviy inqiroz fonida paydo bo‘lgan. Barqaror o‘sish uchun sharoit yaratish va moliyaviy inqirozlar xavfini kamaytirish birlashish maqsadi bo‘ldi. Birinchi sammit 2008 yilning noyabrida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan edi.
Dunyo va "dunyo tartibi" deb atalmish g‘alayonlar davri boshlandi: 2008 yilning yozida, 1929 yildagi Uoll-strit halokatidan beri eng og‘ir moliyaviy inqiroz boshlangani yetmagandek, Rossiya Gruziyaga bostirib kirdi, besh kunlik urush Yevropa Ittifoqi vositachiligida to‘xtatildi.
G20 mamlakatlari guruhi ushbu blokka a’zo bo‘lgan va dunyoning 60 foiz aholisi istiqomat qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvlari uchun umumiy platforma sifatida ishlab chiqilgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, ular jahon yalpi ichki mahsulotining 80% dan ortig‘ini va jahon savdosining 75% dan ortig‘ini tashkil qiladi.
Asosiy g‘oya rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi qonun ustuvorligi tamoyillari, ijtimoiy huquqlarni ta’minlash va ekologik standartlarga rioya qilish bo‘yicha tafovutlarni kamaytirish, shuningdek, huquqiy to‘siqlarni bartaraf etish orqali globallashuvga ko‘maklashishdan iborat.
So‘nggi davrda demokratik davlatlar manfaatlari Xitoy va Rossiya kabi avtoritar tizimlar manfaatlari bilan to‘qnash keldi.
Kredit va qarz inqirozi, kovid pandemiyasi va Ukrainadagi urush globallashuvni boshi berk ko‘chaga boshladi. Si Szinpin Xitoyda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ko‘p narsa o‘zgarib, o‘zidan oldingi Xu Sintao tomonidan olib borilgan ochiq eshiklar siyosatini bekor qildi.
Bugun Indoneziya raisligida Nusa Dua shahrida dunyoning yirik iqtisodiyoti yetakchilari davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat, global inflyasiya o‘sishi va sayyoramizning qator mintaqalarida energetika inqirozi fonida “Birga yuksalamiz, kuchliroq bo‘lamiz” shiori ostida yig‘iladi.
Uchrashuv davomida dunyoning yirik iqtisodiyoti yetakchilari sog‘liqni saqlash, barqaror energiyaga o‘tish va raqamli transformatsiya masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Sammitda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirok etishi kutilmoqda.
Sammitida qatnashmaydigan yagona yetakchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘lishi, mamlakatdan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi ma’lum qilingan.
O‘z navbatida, avvalroq Rossiyaning G20 dan chiqarilishini talab qilgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan hafta Rossiya prezidenti u yerga kelsa, sammitda hatto videokonferensiya formatida ham qatnashmasligini aytdi. Bugun uning onlayn tarzda nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Yig‘ilish kun tartibidagi eng muhim mavzulardan biri Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush mavzusi bo‘ladi.
Shuningdek, Yevropada energiya narxlarining oshishi fonida ko‘plab davlatlar energiya inqirozining aholiga ta’sirini kamaytirish maqsadida harakat boshlamoqchi.
G.Xoldorova tayyorladi.