Gaiti bosh vaziri korteji o‘qqa tutildi
Gaiti bosh vaziri Ariel Anri korteji mamlakatning milliy qahramoni Jan-Jak Dessalinni xotirlash marosimiga ketayotgan vaqtda qurolli to‘da tomonidan o‘qqa tutildi, deya xabar beradi REN-TV.
Voqea paytida Bosh vazir jarohat olmagan, biroq uning tadbirda qatnashishi bir necha soatga qoldirilgan. Ammo qaroqchilar tuzilmalarining ba’zi vakillari hukumat boshlig‘ining o‘rniga namoyishkorona marosimga kelishdi va Dessalin haykaliga gul qo‘yishdi.
Gaitidagi xavfsizlik holati shu yilning 7 iyulida mamlakat prezidenti Jovenel Moiz o‘z qarorgohiga qilingan hujum paytida o‘ldirilganidan keyin keskinlashdi. Xavfsizlik kuchlari hujum qilganlar guruhlarda kamida 28 nafar xorijlikni aniqladi. Ularning uchtasi hibsga olish paytida o‘ldirilgan, 17 kishi hibsga olingan va sakkiz gumonlanuvchi qidiruvda.
Moiz o‘ldirilgandan so‘ng, mamlakatda siyosiy inqiroz yuzaga keldi.