G‘alladan bo‘shagan maydonlarni yoqmang!
Hademay rizq-ro‘zimiz manbai - g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari boshlanadi.
G‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalarini, shu jumladan, dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4, 24-moddalarining buzilishiga olib keladi.
Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan:
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha;
mansabdor shaxslarga – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Undan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan 2006 yil 25 dekabrda 1647-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan Nizomga muvofiq, somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.
Shunday ekan, aslo g‘alladan
bo‘shagan maydonlarni va dala, aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmang!
Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi axborot xizmati.