G‘allaga o‘roq tushdi
- Pandemiya oqibatida chetdan un importiga chek qo‘yildi. Bundan buyon ham cheklov olib tashlanmasa, o‘zimizda yetishtirilayotgan g‘alla xalqimizga yetadimi? Umuman, bu yil g‘alla hosildorligi yaxshimi? Qachon o‘rim-yig‘im ishlariga kirishiladi?
Abdumalik EGAMQULOV,
Urgut tumani.
- Yurtimiz g‘alla mustaqilligiga erishganiga ko‘p yil bo‘ldi. Bu borada xavotirga o‘rin yo‘q: g‘alla ham yetarli, uni qayta ishlovchi korxonalar imkoniyati ham, quvvati ham talab darajasida.
Bu yilgi hosilga kelsak, birgina viloyatimiz dehqonlari joriy yilda 101 ming 230 gektar maydonda g‘alla yetishtirdi. Hosil cho‘g‘i yomonmas. 722 ming 780 tonna don yig‘ishtirib olish mo‘ljallangan.
O‘rim-yig‘im ishlari Paxtachi tumanida boshlandi. G‘allakorlar 6 ming 254 gektar maydonda boshoqli don yetishtirdi. Bugundan tumandagi 23 ta g‘alla o‘rish kombayni hosilni qisqa muddatda o‘rib-yig‘ib olish uchun ishni boshladi. Ayni paytda fermer xo‘jaliklari dalalarida yetishtirilgan arpa hosili o‘rilmoqda. Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, har gektar yerdan o‘rtacha 50 sentnerdan hosil olinyapti.
Abduvali XUDOYoROV,
“O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari.