Garchi, hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsa-da, to‘g‘ri yo‘l tutish - bu halollik
Ba’zilar niqob ostida yurib, odamlar yuz o‘girishi bilanoq darhol o‘zining haqiqiy “men”ini namoyon qila boshlaydi. Ba’zida esa atrofdagilarimiz oldida o‘zligimizcha qolish o‘rniga ehtiroslarga berilamiz va o‘zimizni yengishga imkon beramiz.
Haqiqiy halollik nima o‘zi? Bugun poklik, vijdonlilik belgilari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Halol inson o‘zinining xatti-harakatlari evaziga boshqalardan ham xuddi shunday yo‘l tutishlarini kutadi
Vijdonli odamlar boshqalarni hurmat qilishni va ulardan o‘zaro hurmatni kutishni tabiiy hol deb hisoblaydi. Bunday odamlar agar ularga shubha qilish uchun asos berilmasa, odamlarni tabaqalashtirmasdan, ularni barcha bilan teng biladi.
Agar ular biror narsani va’da qilsa, ularga ishonishingiz mumkin
Bu odamlar hech qachon sizni muammo bilan qoldirmaydi. Ular yolg‘on gapirmaydi va aytgan so‘zidan qaytmaydi. Agar ular biror narsani va’da qilishsa, albatta, o‘z va’dasi ustidan chiqadi.
Ular o‘z xatolari va qilmishlari uchun kechirim so‘raydi
Agar noto‘g‘ri gapirib, nomaqbul yo‘l tutsa, qilgan xatosini darhol tan oladi va qilgan nojo‘ya harakatlari uchun uzr so‘raydi. Ular hatto o‘zining xudbinligi va mag‘rurligiga o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tutishi uchun xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ular boshqalarga nisbatan sabr va bardoshli bo‘ladi
Halol odamlar boshqalar bilan juda sabrli bo‘ladi. Ular shoshilinch xulosa chiqarmasdan boshqa odamga vaziyatni aniqlash uchun zarur vaqt berishni afzal ko‘radi.
Ular o‘z e’tiqodini himoya qilishdan qo‘rqmaydilar
Ular boshqa odamlardan qo‘rqmaydi, davralarda har doim o‘z nuqtai nazarini yetkazishga tayyor. Agar biron bir e’tiqodi xavf ostida qolsa, bu odamlar darhol o‘z fikrini bildiradi. Hech qachon ularning orqada o‘tirib, nima bo‘layotganini tomosha qilayotganini yoki chekkada turib vaziyatni kuzatayotganini ko‘rmaysiz.
Ular odamlarga ishonishadi
Har doim ham oson bo‘lmasa-da, ular odamlarga ishonishni afzal ko‘rishadi. O‘zlarini vaziyatdan uzoqlashtiradi va muammolarga tashqi tomondan qarab, tahlil o‘tkazadi. O‘sish uchun joy bor joydan ular, albatta foydalanadi.
Vaqtini bekor o‘tkazmaydi
Vijdonli kishi har doim, har bir ishni oxirigacha yetkazadi. Ular qo‘l qovushtirib o‘tirishni yaxshi ko‘rmaydi. Bunday odamlar birinchi navbatda o‘ziga berilgan topshiriqni tugatib, shundan keyingina o‘zining shaxsiy ishlari bilan shug‘ullanadi. Ular hech qachon o‘yin-kulgi yoki dangasalik tufayli o‘zi yoki boshqa odamlarning jabr ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.