Mansarda, jakuzi, saksofon... Qachonlardirfamiliya bo‘lgan so‘zlar

Kundalik hayotimizda ishlatib keladigan so‘zlarning ba’zilari qayerdan kelib chiqqanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ularning ko‘pchiligi birinchi egalarining kasbi yoki esda qolarli xarakter xususiyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtlar kimningdir ism-sharifi bo‘lgan va endilikda bosh harfini yo‘qotib, keng tarqalgan so‘zlarga aylangan.

Xuligan (bezori)

Zo‘ravon fel-atvori bilan tanilgan irlandiyalik oilaning eng yosh vakili Patrik Xuliganning ismi vaqti-vaqti bilan polisiya hisobotlari va gazeta yilnomalarida paydo bo‘lib turgan. Oilaning familiyasi tartibsizlik bilan shunchalik chambarchas bog‘liq ediki, u oxir-oqibat barcha buzg‘unchilarni tasvirlash uchun ishlatiladigan so‘zga aylandi.

Shovinizm (ashaddiy millatchilik)

Napoleon va Fransiyaga o‘zgacha g‘ayrat bilan xizmat qilgan va o‘z vatanparvarligi va mamlakatining o‘ziga xosligini dabdabali, ommabop nutqlarda ifoda etish odatiga ega bo‘lgan Napoleon askari Nikolya Shovyen nomidan kelib chiqqan.

Saksofon

Adolf Saks o‘z ixtirosini “mushtukli ofikleidsifatida taqdim etdi. Ixtirochining do‘sti, bastakor Gektor Berlioz musiqa asbobiixtirochisiga bag‘ishlagan maqolasida asbobni saksofon deb atadi, shundan so‘ng bu so‘z darholmashhurlikka ega bo‘ldi.

Boykot (boykot e’lon qilish, gaplashmaslik)

Inglizlar va irlandlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik ziddiyat bir familiyaning mashhur so‘z bo‘libketishiga turtki beradi, deb kim o‘ylagan ekan? Shunday ham bo‘ldi: Britaniya fuqarosi Charlz Boykot irlandiyalik yer egasining ishboshqaruvchisi bo‘lib ishlagan. Biroq, u yerdagi shart-sharoitlar va ularni kim boshqarayotganidan mamnun bo‘lmagan ishchilar Boykotga mutlaqo e’tibor bermay, ish tashlashga kirishdilar. Boykot familiyasi ushbu voqealarni keng yoritgan Britaniya matbuoti tufayli mashhur bo‘ldi.

Jakuzi

 

Italiyalik Kandido Yakutssi (Jacuzzi) jakuzini ixtiro qildi. Jakuzi bu italyancha familiyaning “amerikacha” noto‘g‘ri talaffuzidir, biroq u dunyoning ko‘plab tillarida mustahkam ildiz otgan.

Mesyenat (homiy)

Tarixdagi eng birinchi bo‘lib fan va san’atga homiylik qilgan davlatmand odamning ismi Gay Silniy Metsenat bo‘lgan.

Mansarda 

Arxitektor Fransua Mansar birinchi bo‘lib ustki tom bilan ostki tom oralig‘i maydonidan oqilona foydalanish maqsadida cherdakni jihozlab qo‘ygan. O‘shandan beri ship oralag‘idagi chodir mansardadeb kelinadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.