G‘aroyib faktlar
🔹 Nyu-York shahrining markaziy park maydoni Monako knyazligidan ikki baravar, Vatikandan o‘n baravar katta.
🔹 Qunduzlarning terisida ovqatlanib olish uchun mollyuskalarning qattiq qobig‘ini sindiradigan toshlarini saqlab qo‘yadigan cho‘ntak bor.
🔹 Sayohat qilish ruhiy salomatlik uchun foydalidir, shuningdek, yangi joylar bilan tanishish yurak xuruji va depressiya xavfini kamaytiradi.
🔹 Tadqiqotga ko‘ra, 1950 yillardan beri insonning o‘rtacha IQ darajasi taxminan 20 foizga oshgan.
🔹 Kalamushlar va jirafalar tuyadan ko‘ra ko‘proq suvsiz yashay oladi.
🔹 Chayonlar bir yildan ortiq vaqt davomida oziq-ovqatsiz yurishi mumkin. Bundan tashqari, chayon muzlatilib qo‘yib, qayta eritib yuborilsa, u tirik qoladi.
🔹 Islandiyada sizga xizmat ko‘rsatgan ofitsiantlarga choychaqa berish, ularni haqorat qilish bilan teng.
🔹 Momiq paxtani tish shifokori ixtiro qilgan.
🔹 “Pueblo De Nuestra Senora La Reyna De LosAnjeles De La Porsinkula” - bu Los-Anjeles shahrining rasmiy nomi.
🔹 Dunyoda bir soat ichida butun tarixda topilgan oltindan ko‘proq temir qazib olinadi.
🔹 Tamaki kashandalari chekmaydiganlarga qaraganda to‘rt baravar ko‘proq ertalabdan charchaganidan shikoyat qilishadi. Chekuvchilardagi eshitish bilan bog‘liq muammolarga duch kelish xavfi 70 foizga ko‘proq.
🔹 Gretsiya milliy madhiyasi 158 misradan iborat.
🔹 Dengiz otlari sayyoradagi yagona urg‘ochilari nasl beradigan jonzot. Bundan tashqari, ular dengizdagi eng sekin harakatlanadigan baliqlar hisoblanadi.
🔹 Galapagos toshbaqalari 150 yilgacha umr ko‘radi, ular bir yil davomida oziq-ovqat va suvsiz yashashi mumkin.
🔹 Asalarilar va arilarni itlar kabi portlovchi moddalar va giyohvand moddalarni qidirishga o‘rgatish mumkin. Aksariyat asalarilar charchaguncha “Lya” notasini, charchagan ari esa “Mi” notasini g‘o‘ng‘illaydi.
🔹 Agar har bir sotib olingan koka-kola shishasievaziga bittadan daraxt ekilsa, uch yil ichida Yerdagi barcha o‘rmonlar tiklanadi.
🔹 O‘q o‘tkazmaydigan bronyejiletlar, o‘t o‘chirish moslamalari, avtomobil tozalagichlar va lazer printerlarni ayollar ixtiro qilgan.