Gaz ta’minotida ish jarayonlari: Ishchi-xizmatchilar xavfsizligi muhim

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, gaz xo‘jaligida sanoat xavfsizligi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan “Xududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining mutaxassis xodimlari uchun o‘quv- amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-seminar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasi hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi hamda “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘isida”gi namunaviy nizom talablari asosida o‘tkazildi.

- Tadbirni o‘tkazishdan maqsad “Xududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialiga qarashli suyultirilgan uglevodorod gazini to‘kish stansiyasi (GTS) va suyultirilgan uglevodorod gazini to‘kish punkti (GTP)da mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar bilim saviyasini yanada oshirish barobarida ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni tashkil etishga erishish, yaxshi tashkil etilgan ishni ommalashtirishga qaratildi, - deydi qo‘mitaning gaz xo‘jaligida sanoat xavfsizligi bo‘limi davlat inspektori Zoyid Sharapov. - Seminar davomida 2023 yil may oyida Paxtachi tumani, Yangiobod mahallasida joylashgan “Paxtachi” gaz to‘ldirish punktida sodir bo‘lgan baxtsiz xodisani takrorlanmasligining oldini olish borasida qanday choralar ko‘rish kerakligi hususida so‘z yuritildi.

Ishchi, mutaxasis xodimlar tomonlaridan doim amal qilishi muhim bo‘lgan “Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi ob’yektlar uchun xavfsizlik qoidalari”, “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi namunaviy qoida hamda gazdagi xavfli ishlarni xavfsiz tashkillashtirish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma talablariga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan qat’iy talablar tushuntirildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ham tushunchalar berib o‘tildi.

Jumladan, nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat xavfsizligini hamda atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’yektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohalarida yagona davlat siyosati yuritilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish muhim vazifa ekanligi aytib o‘tildi.

Texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirib borish ham asosiy yo‘nalishi ekanligi ta’kidlandi.