Gemoglobin yetishmasligini qanday bartaraf etish mumkin?
Gemoglobin qonga qizil rang beradigan unsurdir. O‘zida temir moddasini saqlaydigan bu pigmentda qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) mavjud.
Gemoglobin kamligiga oziq-ovqatda temir moddasining yetishmasligi, V12 vitamini (foliy kislotasi) yetishmasligi, yuqumli kasalliklar (gepatit, piyelonefrit, sil, pnevmoniya, ichak infeksiyalari va boshqalar), qon aylanish va endokrin tizimi kasalliklari, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, nosog‘lom parhez va chekish sabab bo‘lar ekan.
Organizm gemoglobin miqdorining muntazam kam bo‘lishi immunitet pasayishi, yurak yetishmovchiligi, xatarli homiladorlik hamda homila va bolalarda aqliy, jismoniy rivojlanishning ortda qolishi kabi bir qator jiddiy oqibatlarga olib keladi. Gemoglobin yetishmasligining eng jiddiy asorati kamqonlikdir. Bu holat umumiy zaiflik, uyqu va fikrlash jarayonlarining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Ushbu mahsulotlar qonda gemoglobin miqdorini oshirishda yordam beradi:
Mevalar
Temir tanqisligi bilan kurashish uchun eng yaxshi meva shaftoli hisoblanadi. 100 g mahsulot tarkibida 4 mg mikroelement mavjud. Shuningdek, bu ro‘yxatdan behi, xurmo, nok, olma, anor, o‘rik va kivilar o‘rin olgan.
Rezavorlar
Qora smorodina, qulupnay, malina ham tavsiya etiladi.
Yong‘oq
Qonda gemoglobin miqdorini oshirish uchun eng foydali mahsulot yong‘oq hisoblanadi. Yong‘oq tarkibida temirdan tashqari kaliy, magniy, yolg‘iz kobalt vitaminlari mavjud.
Sharbatlar
Kartoshka, qovoq, lavlagi, sabzi. Bu sabzavotlardan siqib chiqarilgan tabiiy sharbatlar gemoglobin miqdori oshishiga xizmat qiladi. Bu sharbatlarning organizmga foydasi do‘konlarda sotilayotgan sun’iy tarkibli sharbatlardan afzalroqdir.
Asal
Asal organizmda gemoglobin bilan bog‘liq vaziyatni sezilarli darajada yaxshilaydi va umumiy sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Va albatta go‘sht
Qoramol go‘shti, parranda hamda baliq go‘shtlarida temir moddasi serobligi tufayli kamqonlikning oldini olishda ularning o‘rni beqiyos. Shifokorlar qaynatilgan tildan tayyorlangan taomlarni ham tavsiya etishadi.
Sabzavotlar
Temirga eng boy lavlagi (qizil qon tanachalari ishini yaxshilaydi), pomidor (qon tarkibini yaxshilaydi), kartoshka (temirning so‘rilishiga yordam beradi), shuningdek, sabzi va qovoq (umuman organizm uchun foydalidir) iste’moli gemoglobinni ko‘paytiradi.
Ko‘katlar
Petrushka (maydanoz) o‘simligi temir tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi. Keyingi ro‘yxatda barra piyoz, yangi uzilgan ko‘katlar va arpabodiyon turadi.
Shuningdek olma, lavlagi, S vitaminiga boy anor, apelsin, kivi tarkibida ham gemoglobinni ko‘taruvchi mikroelementlar mavjud.
Gemoglabin miqdori oshib ketishi esa qand kasaliga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, tez-tez umumiy qon tekshiruvi o‘tkazib turishni tavsiya etamiz.