Geomatika muhandisligi: Yangi kafedraning yangi imkoniyatlari

 

Respublikamizda yer resurslari, davlat kadastrlari hamda geoinformatika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan olimlarni tarmoqlararo ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ilmiy jamiyatlarga jalb etilishini kengaytirish, OTM va ITMlarning xalqaro akademik almashuvini kuchaytirish, yer tuzish va kadastr sohalariga oid ilm-fan yutuqlari va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishdan iborat desak ayni xaqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Birgina mamlakatimiz miqyosida olib qarasak, oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, shuningdek, fanlarning innovasion infratuzilmasini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari hamda THE, QS va ARWU kabi nufuzli reyting agentliklari tajribasi asosida oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingga kirish yo‘lidagi dastlabki qadamlar tashlandi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi «Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2023 yilda universitetning «Geomatika muhandisligi» kafedrasiga asos solindi. Bu yerda gyeomatika muhandisligi, geodeziya geoinformatika, kadastr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, geomatka muhandisligi, kadastr, yerni masofadan zondlash mutaxasisligi bo‘yicha magistrlar  tayyorlanmoqda. Kafedrada republikadagi geodeziya, kadastr va yer tuzish muhandislariga nisbatan ehtiyojning ortib borayotganligini nazarda tutgan holda, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishida ham malakali mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda. Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavr va magistr talabalar bevosita kafedradagi professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbarligi ostida respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, ilmiy jurnallarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2023 yil 26 yanvardagi Rayosat qarori bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yangi ilmiy kengash tashkil qilindi. Ushbu ilmiy kengashda «Geodeziya. Kartografiya», «Geoinformatika», «Yer tuzilishi, kadastr va yer monitoringi» ixtisosliklarida himoyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillarda  kafedraning 6 nafar ilmiy izlanuvchilari 6 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. «Geomatika muhandisligi» kafedrasining 10 nafar professor-o‘qituvchilari Turkiya va Rossiya davlatlarida ilmiy stajirovka o‘tashdi.

2024 yilda Respublika aerogeodeziya korxonasi Samarqand hududlararo bo‘linmasida ushbu kafedraning filiali tashkil etildi.

Kafedra jamoasi o‘zining e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosi hisoblangan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, geoinformatika, yerni masofadan zondlash, kartografiya, kadastr, yer resurslarini boshqarish, geodezik ishlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida katta hajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga, shuningdek, talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga qaratgan.

Buning natijasida kafedra salohiyati sezilarli darajada ko‘tarildi. Jumladan, kafedrada 2023-2024 yillar oralig‘ida 20 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta darslik, 4 ta uslubiy ko‘rsatma, shuningdek, Scopus va WoS bazalaridagi manbalarda chop etiladigan ilmiy ishlar soni 20 tani tashkil etmoqda.

Kafedrada keyingi ikki yilda 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Jumladan, 2023 yil 18 aprel kuni «Davlat kadastrlari  tizimini takomillashtirishda ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya hamda 2024 yil 16-17 aprel kunlari «Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi. Unda «O‘zdaverloyiha» instituti olimlari hamda gyeodeziya va kadastr sohasiga oid o‘ndan ortiq xorijiy va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariolimlari hamda ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Bugungi kunda kafedrada «Samarqand shahrida ichki xo‘jalik yo‘llarini topografik s’yomka qilish, avtomobil yo‘llarining raqamli xaritasini yaratish hamda yer ajratish materiallarini tayyorlash» mavzusidagi 1/2024 raqamli 5 mlrd. 724 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi bajarilmoqda.

Kafedra olimlari Yaponiyaning SATREPSilmiy dasturi, Yevropa hamjamiyatining Horizondasturi, Germaniyaning DAAD jamg‘armasi O‘zbekiston-Germaniya hamkorligidagi qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalarni qo‘lga kiritish ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Doniyor Jo‘raqulov,

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professori.

Vohidjon Niyazov,

universitetning «Geomatika muhandisligi» kafedrasi mudiri, t.f.f.d (PhD)

texnika fanlari nomzodi