Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya Bulung‘ur tumanida bo‘ldi
- 03.11.2022 09:38
- 180
- Samarqand
Rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgan Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya Bulung‘ur tumanida bo‘ldi.
1973 yilda qurilgan tumanlararo «Bot-Bot» kanali uzunligi 49,6 km. bo‘lib, Bulung‘ur, Jomboy va Payariq tumanlaridagi 9350 gektar sug‘oriladigan maydonlarga suv yetkazib berish uchun xizmat qiladi. 2011-2012 yillar davomida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan mazkur tumanlararo magistral kanalda umumiy qiymati 797,3 ming yevro bo‘lgan loyiha doirasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
Vazir boshchiligidagi delegatsiya loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, hududda joylashgan xizmat uyida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, erishilgan natijalar bilan qiziqdi. Soha mutaxassislari bilan kelgusi hamkorlik masalalarida o‘zaro fikr almashinildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- 3 soat avval
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Bugun, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Bugun, 11:31
- Mutolaa