Germaniya hukumati: Rossiya gaz uchun to‘lovni rublda talab qilmaslikka rozi bo‘ldi
- 31.03.2022 14:36
- 187
- Xorij
Germaniya hukumati kansler Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi kechagi suhbatdan so‘ng Rossiya gaz uchun to‘lovni rublda talab qilmaslikka rozi bo‘lganini aytdi.
Qayd etilishicha, Putin Shols bilan suhbatda Rossiya gazi uchun to‘lovni yevroda «Gazprombank»ga, u yerdan esa Rossiyaga rublda o‘tkazishni taklif qilgan. Biroq, Shols suhbat davomida ushbu tartib-qoidaga rozi bo‘lmagan va Rossiya Federatsiyasi pozitsiyasini yaxshiroq tushunish uchun hammasini yozma ravishda bayon qilishni so‘ragan.
Shuningdek, bayonotda “G7 mamlakatlari kelishuvi o‘z kuchini saqlab qoladi: energiya yetkazib berish uchun to‘lov kelishuvlarda ko‘rsatilganidek, faqat yevro yoki dollarda amalga oshiriladi”, deyiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya gaz uchun to‘lovni rublda qabul qilishini e’lon qilgan va Yevropa davlatlari bunga rozilik bermagan edi.