Gidrometeorologiya mutaxassislari qayerda tayyorlanadi?
3 noyabr kuni Prezidentimiz raisligida mamlakatimizda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgandi. Unda gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish, sohani yetuk kadrlar va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash dolzarb masalalardan ekanligi bildirildi.
Sohani rivojlantirish yuzasidan 2020 yilgacha viloyatdagi meteorologik kuzatuv stansiyalari avtomatik boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi. Hozirda viloyatimizda 6 ta meteorologik stansiya faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 2022 yilgacha inson omilisiz ishlaydigan 4 ta yangi stansiya qurish rejalashtirilmoqda.
Samarqand davlat universitetining geografiya fakulteti gidrometeorologiya kafedrasi faoliyat yuritadi. Biz sohada malakali mutaxassislar tayyorlash uchun alohida gidrometeorologiya fakulteti tashkil etish yoki qabul kvotasini ko‘paytirishni taklif etdik.
Shuningdek, Samarqand shahrida hududiy gidrometeorologiya ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha taklif bildirdik.