Gigantomaniya: dunyodagi eng katta ob’yektlar va mahsulotlar

Eng katta qovoq

Yaponiyalik Kodzi Ueno 485,1 kilogrammalik qovoq yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi. Fermer ikki yil ketma-ket  g‘alaba qozonib, o‘z rekordini yangiladi, shundan so‘ng unga munosib raqib topildi.

Гигантомания: самые большие объекты и продукты в мире

Dunyodagi eng katta qovoq 800 kilogramm vaznga ega, u AQShlik Tadd Starrga tegishli.

Dunyodagi eng katta shahar

Aholi soni bo‘yicha eng katta shahar Xitoyning Shanxay shahri hisoblanadi. Ushbu megapolisda 24 milliondan ortiq odam yashaydi.

Eng katta karam

Yorkshirdagi yarmarkalardan birida angliyalik Jo Aternton 44 kilogramm og‘irlikdagi qovoqcha (kabachki), 30 kilogrammlik karam yetishtirib navbatdagi jahon rekordini o‘rnatdi.

 10 yoshli Kevin Dinkel esa Alyaskada 42 kilogrammga teng karam o‘stirib, o‘z g‘alabasi uchun ikki ming dollardan ko‘proq pul ishlab olgan.

Dunyodagi eng katta orol

Grenlandiya dunyodagi eng katta orol bo‘lib, uni  Shimoliy muz va Atlantika okeanlari o‘rab olgan. Orol maydoni 2 130 800 kvadrat kilometrni tashkil qiladi, bu Yerdagi ikkinchi eng yirik - Yangi Zelandiya orolidan uch baravar kattadir.

Eng katta bodring

Suratdagi katta sabzavotlar ishqibozi fermer Filipp Valu 7 kilogrammlik bodring o‘stirib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Dunyodagi eng katta dengiz

Taxminiy maydoni 6-7 million kvadrat kilometrni tashkil qiladigan Sargass dengizi dunyodagi eng katta dengiz hisoblanadi. Bu suv havzasi qirg‘oq chizig‘i yo‘qligi bilan o‘ziga xosdir, shu sababli uni “Qirg‘oqsiz dengiz” deb atashadi.

Eng katta ko‘l

Ajablanarlisi, eng katta ko‘l bu - Kaspiy dengizi, uning okeanga chiqish joyi yo‘q, shu sababli u ko‘l deb tasniflanadi. Maydoni esa 371 ming kvadrat kilometrdan iborat.

Eng baland sharshara

Tropik mintaqada joylashgan dunyodagi eng baland Anxel sharsharasining balandligi 979 metrga teng.

Eng katta baliq

Odamlar uchun zararsiz hisoblanadigan kit akulasining uzunligi 12 metrga yetadi.

Dunyodagi eng uzun ko‘prik

Dunyodagi 3 ta eng uzun ko‘priklarning barchasi temir yo‘l ko‘priklari, ularning hammasi Xitoyda joylashgan. Eng uzuni esa 165 kilometrni tashkil qiladigan Danyan-Kushan viaduki.

 Eng katta kema

Sig‘imi 65 ming kishiga mo‘ljallangan “Harmony of the Seas” yo‘lovchi layneri 2015 yilda foydalanishga topshirilgan. Kruiz kemaning uzunligi 362 metrga teng.