Gilermo Lasso Ekvador prezidenti lavozimiga kirishdi
Tadbirkor Gilermo Lasso Mendoza Ekvador prezidenti sifatida ish boshladi. Hukumatni topshirish marosimi mamlakat milliy assambleyasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Milliy ommaviy axborot vositalari tomonidan namoyish etilayotgan inauguratsiyada 65 yoshli bankir va saylovlarning o‘ng qanot yetakchisi qasamyod qildi va prezidentlik hukumati ramzlari - Prezident kamari va "Milliy orden" zanjirini qabul qildi.
Qonunchilik saroyida, tor davrada bo‘lgan tadbirda Lasso rafiqasi, qizi va mamlakat harbiy rahbariyati hamrohligida keldi. Hukumatni qabul qilish marosimi Braziliya, Gaiti, Dominikan Respublikasi rahbarlari hamda Ispaniya qiroli ishtirokida o‘tdi.
Aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi bosqichida o‘ng qanot nomzodi Lasso 52,36 foiz, uning raqibi - chap Alyans ittifoqi vakili Andres Araus esa 47,64 foiz ovoz oldi.
Lasso sanitar va iqtisodiy inqiroz paytda o‘z lavozimiga kirishadi. bunday vaziyatda yangi prezident parlament qo‘llab-quvvatlashidan mahrum, chunki uning tarafdorlari 137 o‘rindan atigi 12 tasini egallagan.
Gilermo Lasso o‘zining birinchi matbuot anjumanida korrupsiyani yo‘q qilishga va aholini COVID-19 ga qarshi emlashga kirishishini bildirdi. U siyosiy raqiblarini ta’qib qilmasligi, sud va prokuratura mustaqilligi, axborot olish, tanqid va tergov masalalarida ommaviy axborot vositalarining erkinligini ta’minlashga va’da berdi.