"Ginnesning rekordlar kitobi"ga kiritilgan eng tor, eng qiya va eng qisqa ko‘chalar

Dunyoda yuz minglab keng va chiroyli ko‘chalar bor. Ular hamma joyda topiladi. Negaki, har qanday mamlakatning har bir shahri o‘zining eng go‘zal ko‘chasiga ega. Shunday ko‘chalar borki, ular g‘ayrioddiy va betakror. Ular aynan o‘ziga xosligi tufayli "Ginnesning rekordlar kitobi"ga kiritilgan.
Bugun dunyodagi eng tor, eng qiya va eng qisqa ko‘chalar haqida so‘z yuritamiz.

Dunyodagi eng tor ko‘cha

Улица в Варанаси. Фото автора.

Hindistonning muqaddas markazi hisoblangan va hind ziyoratchilarini o‘ziga jalb qiladigan Varanasi shahrida juda tor, egri-bugri, aylana ko‘chalar bor: bu ko‘chalarning ibodatxonalarga o‘tish joylaridagi muhim qismi shu qadar qisqaki, ular orqali mashina yoki mototsikl bilan o‘tishning iloji yo‘q va ba’zida u yerda ikki kishi to‘qnashib qolsa, biri ikkinchisiga yo‘l berishiga to‘g‘ri keladi.

Lekin ikki kishi osongina kelishib o‘ta oladigan bu hind ko‘chalari Germaniyaning Roytlingen shahridagi Shproyerxof shtrasse bilan solishtirganda xiyobon bo‘lib ko‘rinadi.

Улица Шпройерхофштрассе. Фото с сайта http://www.openarium.ru/

Shproyerxof shtrassening kengligi ko‘pi bilan 50 santimetrni tashkil qiladi. Qanday qilib u yerda yurish mumkin? Faqat yakka kiftlabmi? Uning eng tang nuqtasining kengligi (agar kenglik deyishga arzisa!) 31 santimetr. Hatto yonlamasiga istagan har bir kishi u yerdan o‘ta olmaydi.

Улица Шпройерхофштрассе. Фото с сайта https://www.badische-zeitung.de/

Ko‘cha 1727 yilda yong‘in natijasida deyarli butunlay vayron bo‘lgan Roytlingen shahrini qayta qurish natijasida paydo bo‘lgan. Dastlab, u faqat uylar orasidagi o‘tish joyi edi va 1820 yilda Shproyerxofshtrasse rasman shahar xaritalarida paydo bo‘ldi.

Фото с сайта https://wikipoints.ru/

Eng qiya ko‘tarilgan ko‘cha
"Ginnesning rekordlar kitobi"ga ko‘ra, dunyodagi eng qiya ko‘tarilgan ko‘cha – Yangi Zelandiyadagi Danidin shahridagi Bolduin ko‘chasi. Ko‘cha uzunligi 359 metr, sath farqi esa 80 metrni tashkil qiladi.

Болдуин-стрит. Фото с сайта https://www.nzedugroup.com/

Yo‘llarning qiyaligi foizda o‘lchanib, internetda 19 dan 38 foizgacha ma’lumotlar berilgan. Ehtimol, bu ko‘chaning turli qismlari har xil qiyalikka egadir.
Bolduin ko‘chasidagi qoplama betondan qilingan. Aks holda Yangi Zelandiya quyoshi ostida asfalt pastga oqib tushgan bo‘lardi.

Болдуин-стрит. Фото с сайта https://omyworld.ru/Болдуин-стрит. Фото с сайта https://omyworld.ru/Болдуин-стрит. Фото с сайта https://omyworld.ru/

Eng qisqa ko‘cha
Ebenezer-pleys – Shotlandiyaning Uik shahridagi ko‘cha. 2006 yilda u "Ginnesning rekordlar kitobi"ga dunyodagi eng qisqa ko‘cha sifatida rasman kiritilgan. Ko‘chaning uzunligi 2 metr, 6 santimetr.

Фото с сайта https://viagens.sapo.pt/

Bu ko‘cha Makkeyz mehmonxonasining bir qismi bo‘lgan 1-raqamli bistroga kirish joyidir. Mehmonxona 1883 yilda qurilgan va o‘sha paytda Ebenezer-pleys ko‘chasi paydo bo‘ldi.
Ebenezer yahudiycha so‘z bo‘lib, mehribon, g‘amxo‘r degan ma’noni anglatadi. Ko‘chaga bu nom mehmonxona egasi – Sinklerlar oilasi tomonidan berilgan. Xullas, dunyodagi eng mehribon va eng qisqa ko‘cha mana shunday ko‘rinishga ega.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.