Go‘sht narxi tushdi. Ayniqsa, eng arzon guruch "Siyob"da

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom etadi.
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 4 noyabr holatidagi narxlari
Mol go‘shti
26 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha
Kuzatishlar mamlakatimiz bozorlarida mol go‘shtining biroz arzonlashganini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘tgan haftalarda 1 kg. mol go‘shti 26000 so‘mdan 46000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilayotgan edi. Ayni paytda 1 kg. mol go‘shtini 26000 so‘mdan 41000 so‘mgacha narxlarda uchratish mumkin.
Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu haftada 1 kg. mol go‘shtining narxi 26000 so‘mdan 41000 so‘mgacha sotilmoqda.
Eng qimmat narx ham ushbu bozorga tegishli – 41000 so‘m.
Poytaxt bozorlarida 1 kg. mol go‘shtining narxi 28000 – 40000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha
Kuzatishlar qo‘y go‘shtining ham o‘tgan haftaga nisbatan biroz arzonlashganini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘tgan haftalarda 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 so‘mdan 46000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilgan bo‘lsa, bu haftada 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 so‘mdan 44000 so‘mgacha uchratish mumkin.
Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 38000 so‘m.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo‘y go‘shti 42000 – 44000 so‘m.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
O‘tgan haftadagi narxlar o‘zgarishsiz qolgan. Biroq ba’zi hududlardagi narxlar qimmatlashgan, ayrimlarida esa arzonlashgan.
Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 17000 – 20000 so‘m
Eng arzon narx Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida – 12000 – 14000 so‘m
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti 16000 – 20000 so‘mdan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
Guruch
3 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha
Respublika bozorlarida guruchni o‘rtacha narxda 4000 – 8000 so‘mgacha uchratish mumkin.
Eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 5000 – 12500 so‘m
Eng arzon narx Samarqand shahri "Siyob" bozori – 3000 – 9000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o‘simlik yog‘i 8000 ming so‘mdan 12500 so‘mgacha narxlarda sotilmoqda.
Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8500 – 10500 so‘m.
Eng qimmat narxlar "Farhod dehqon bozori" (Toshkent shahri) 12500 so‘mgacha.
Un
1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
Kuzatishlar 1-navli unning biroz arzonlashganini ko‘rsatmoqda.
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2500 – 3500 so‘m.
Shakar
4 100 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng qimmat narx Navoiy shahri "Sahovat" MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori – 4500-5500 so‘m.
Eng arzon narx Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4100 – 4600 so‘m.
Tuxum
400 so‘mdan 700 so‘mgacha
Bu haftada Respublika bozorlarida tovuq tuxumining narxi o‘tgan haftada qimmatlashgani bilan saqlanib qoldi.
Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 500-600 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Kartoshka
1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha
Kartoshkaning o‘tgan haftadagi narxi saqlanib qolgan.
Eng arzon narx "Yunusobod dehqon bozori" (Toshkent shahri)da – 1200 so‘mdan 2500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx – mamlakatimizning aksariyat bozorlarida 1 kg. kartoshka 3000 so‘mgacha.
Pomidor
2 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2000 so‘mdan 3000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx poytaxt bozorlarida – 5000 – 8000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1250 so‘mdan 4000 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozori – 1250 so‘mdan 1800 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozori – 2000 – 4000 so‘mgacha.
F.Esonov, O‘zA