Nikoh va oilaviy hayot haqida qiziqarlifaktlar

Oiladagi baxt, tinchlik va farovonlikdanmuhimroq narsa yo‘q. Odamlar oila qurish uchun hechqanday rasmiy hujjatlar bo‘lmagan qadimzamonlardan boshlab o‘z zimmalariga nikohmajburiyatlarini olib kelgan.
Oilaviy hayot haqidagi quyida keltirilganfaktlar nafaqat turmush qurganlar, balki endigina o‘z oilasini yaratish haqida o‘ylayotganlarni ham qiziqtirsa ajabmas.
* Britaniyalik oilaviy psixologlar oilada nonushta va kechki ovqat vaqtini birga o‘tkazish oiladagi farzandlarning o‘qishdagi ko‘rsatkichlarini 25 foizga oshirishini, ularning maktabni muvaffaqiyatli tugatish va kelajakda o‘zi xohlagan ishini topish imkoniyatlarini oshirishini aniqlashdi.
* Butun umri davomida oilali erkaklar yolg‘iz(uylanmagan) erkaklarga qaraganda taxminan to‘rt baravar ko‘proq jamg‘arma va moliyaviy mablag‘ to‘playdi.
*Tadqiqotlar iti yoki mushugi bo‘lgan oilalardajanjallar bir necha marta kamroq sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, uy hayvonlari egalarida yurak xastaligi kamroq uchraydi.
* Olimlar tomonidan o‘tkazilgan noodatiy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bronza medallarini qo‘lga kiritgan sportchilar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilarga qaraganda oilasi bilan baxtliroq yashaydi.
* Birgina AQShda oilaviy muammolardan aziyat chekayotgan xodimlarning mehnat unumdorligi pasayishi sababli korxonalar har yili 6 milliard dollar zarar ko‘radi. Shu bilan birga, baxtli turmush qurgan odamlar 45 foiz ko‘proq va samaraliroq ishlab, o‘z daromadlarini oshirib boradi.
* Ko‘pincha oilaviy hayotdagi inqiroz nikohning to‘rtinchi, yettinchi va sakkizinchi yillarida kuzatiladi. Bundan tashqari, dunyodagi barcha ajralishlarning yarmi oilaviy hayotning yettinchi yilida sodir bo‘ladi.
* Tibbiy tadqiqotlar antidepressantlardan foydalanish oilaviy hayotga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini tasdiqladi. Gap shundaki, antidepressantlarning aksariyati tanadagi serotonin darajasini oshiradi, bu esa har qanday his-tuyg‘ularni susaytirib qo‘yadi va odamni befarq qiladi.
* Oilaviy hayotdagi muammolar bilan bog‘liq stress immunitet tizimining kasalliklarga qarshi turish qobiliyatini 10-15 foizga pasaytirib, insonning sog‘lig‘iga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
* Butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan statistik ma’lumotlar ishxonasidagi hamkasblari bilan turmush qurganlarning taxminan 75 foizi ajrashishishini aniqladi.
Nima uchun nikoh uzugi yon barmoqqa taqiladi?
Ushbu an’ananing kelib chiqishi haqida bir qancha nazariyalar mavjud. Mashhur afsonaga ko‘ra, qadimgi davrlarda rimliklar va misrliklar chap qo‘ldagi to‘rtinchi barmoqda yurak bilan bevosita bog‘laydigan "sevgi tomiri" deb tarjima qilinadigan «vena amoris» borligiga ishonishgan.
Biroq, zamonaviy anatomiya barcha barmoqlarning yurak bilan venoz aloqasi borligi va ulardaqandaydir maxsus “sevgi” venasi yo‘qligini biladi. Shunday bo‘lsa-da, odamlar hali ham ushbu an’anaga rioya qilib kelishadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.