Gonkong aeroportida noroziliklar va namoyishlar oqibatida yuzdan ortiq parvozlar bekor qilindi
Gonkong aeroportida noroziliklar va namoyishlar oqibatida 100 dan ortiq aviaparvozlar bekor qilindi. Bu haqda RIA Novosti Gonkong OAVga tayanib xabar bermoqda.
Dastlab, aeroportda faqat bitta uchish–qo‘nish yo‘lagi faoliyat ko‘rsatishi haqida xabar berilgandi. OAVning ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtgacha aeroportda 100 dan ortiq o‘chish va qo‘nishlar bekor qilingan, asosan bular Cathay Pacific va Hong Kong Airlines aviakompaniyalarining aviaqatnovlari. Aeroport ma’muriyati mazkur holat dushanba kuni aeroport xizmat ko‘rsatishiga ta’sir qilishi mumkinligini va yo‘lovchilarga ularning reysi tasdiqlangandan so‘nggina aeroportga kelishlari e’lon qilingan.
Dushanba kuni ertalab namoyishchilar yo‘llarni va tunnellarni to‘sib qo‘yishdi, shuningdek ular temiryo‘l qatnovi va avtobus harakatlanishini cheklab quyishdi, shu orqali namoyishchilar hukumat a’zolarini ularning talablarini qondirishga majbur qilishmoqchi bo‘ldi. Namoyish tashkilotchilari shahar aholisini shaharning biznes hududlardagi ish joylariga yetib borishga to‘sqinlik qilishni rejalashtirishgan.
Namoyish tanqidchilari barcha biznes sohalari, restoran ishidan tortib aviatsiyagacha bo‘lgan mehnat tartibini ommaviy buzilishi Gonkongning har doim o‘zining mo‘’tadil va servis xizmatlarining jahon miqyosi bilan teng ekanligidan faxrlanadigan xalqaro obro‘siga jiddiy zarar yetkazayotganini e’tirof etishmoqdalar.
Namoyishchilarning talablari o‘zgarmasdan qolyapti, ular norozilik namoyishlari vaqtida politsiya xodimlarining harakatlariga nisbatan ekstraditsiya qilish va tergov qilish to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni to‘liq bekor qilinishini talab qilishmoqdalar.