Gonkongda savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi tomda qolmoqda

Gonkongdagi katta yong‘in oqibatida savdo markazi tomida 300 dan ko‘proq kishi qolib ketdi, 7 kishi jarohat oldi, deb yozadi South China Morning Post.

Avvalroq politsiya 100 ga yaqin odam beshinchi qavatdagi ochiq maydonga evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi is gazidan zaharlangan, ulardan to‘rt nafari kasalxonaga yetkazilgan. Ikki kishi qurbon bo‘lgani haqida ham xabar berilgan edi.

Qayd etilganidek, yong‘in elektron jihozlar joylashgan xonada boshlangan.

Gonkongdagi Kozuey-Bey hududidagi Jahon savdo markazi binosida yong‘in mahalliy vaqt bilan 12:37 (Toshkent vaqti bilan 9.37) da boshlangan. Ma’lum qilinishicha, ofislar va savdo markazi joylashgan binoda asosan do‘kon va restoranlarga tashrif buyuruvchilar qolgan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, markazidan 160 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi, kasalxonaga yotqizilganlar soni 8 nafarga yetdi.