Qabul qilingan yangi qonun sababli Gonkongda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
- 01.07.2020 20:00
- 78
- Xorij
Ommaviy yig‘ilishlarga taqiq qo‘yilganligiga qaramasdan, 1 iyul kuni milliy xavfsizlik to‘g‘risida qabul qilingan yangi qonunga qarshi Gonkong aholisi namoyishga yig‘ildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Gonkong politsiyasi namoyishchilarga qarshi suv otar quroldan foydalandi. Shu bilan birga, politsiya namoyishchilarni mustaqillik haqidagi shiorlar yozilgan e’lonlar, yangi milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning buzilayotganligi haqida ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, Xalq vakillari Umumxitoy yig‘ilishining doimiy qo‘mitasi (XXR yuqori qonunchilik organi) 30 iyun kuni Gonkongda milliy xavfsizlikning ta’minlanishi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa