Google Huawei’dan yuz o‘girdi, endi uning mobil qurilmalari ilovalar ololmaydi

Google korporatsiyasi Xitoyning telekommunikatsiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi bilan, kompaniya AQShning "qora ro‘yxati"ga tushganidan so‘ng tijoriy aloqalarni uzdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, bundan buyon Huawei Google’ning servis xizmatlaridan, dasturlaridan foydalana olmaydi. Shu jumladan, Huawei mobil qurilmalari, smartfonlar, planshetlar netbuk va noutbuklari Google play dan ilovalar yuklab ololmaydi. Shuningdek, ular Gmail elektron pochtasidan ham foydalana olmaydi.
Iqtisodiy tahlilchilar Google korporatsiyasining bunday qarori Huawei kompaniyasini og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Chunki uning mobil qurilmalari asosan Google’ning turli ilova va dasturlari bilan ishlaydi. Google tijoriy hamkorlikni to‘xtatishi ortidan dunyo bo‘ylab Huawei mobil qurilmalari savdosi to‘xtaydi. Bu esa kompaniyani og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin.