«Google» xaritalar ochib bergan ba’zi ajoyib topilmalar

Internetda tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan barcha narsani klavituradagi tugmachani bir bosib, topib olish mumkin. Google xaritalar yordamida esa ba’zida hech qachon xayolga kelmagan topilmalar qilish mumkin. Bugungi maqolada «GoogleEarth»(Gugl Yer)ning sayyorani o‘rganish chog‘idagi eng noodatiy va ta’sirli topilmalari keltirilgan.

2006 yilda Michigan shtatining Bayron shaharchasida yashovchi 72 yoshli Devid Li Naylz izsiz g‘oyib bo‘ldi. Faqat to‘qqiz yil o‘tgach, 2015 yilda Google tomonidan suratga olinganidan so‘ng, uning avtomobili uy yaqinidagi ko‘l tubidan topildi.

Kimdir tasodifan Qozog‘istondagi “geogliflar”ni topdi. Olimlar ularni qadimgi sivilizatsiyalar qoldirgan deb hisoblashadi.

Yaqinda GoogleEarth AQShning maxfiy harbiy bazasi bo‘lgan "6-maydon" ni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Iordaniyada topilgan geogliflar qish paytidagi quyosh chiqishi va botishini tasvirlab beradi.

Google xaritalarda qon-qizil rangli ko‘lni topish mumkin. U Iroqdagi Sadr Siti shahar chekkasida joylashgan va nima sababdan bunday ranggbo‘yalganligini hech kim bilmaydi.

Amerikaning Tukson manzilgohidagi (Arizona) qabristonda minglab samolyotlar o‘zining so‘nggi qo‘nimini topgan.

Dunyoga mashhur amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfrining yuzi tasvirlangan makkajo‘xori labirinti

Koronado shahridagi Amfibiya dengiz harbiy floti bazasi tasodifan svastika shaklini tasvirlaydi. Bu shunchaki tasodif bo‘lsa kerak.

Kanadadagi tabiiy geoformatsiya (shakllanish) "Cheksizlik qo‘riqchisi" deb nomlanadi.  GoogleEarthni o‘rganayotgan bir qiz tasodifan profildagi yuzga o‘xshab ketadigan bu noyob relef shaklini topib oldi.

 «SS Jassim» kemasi 2003 yilda cho‘kib ketgan. Halokat ko‘lami shunchalik katta ediki, u faqat GoogleEarth orqali topilgan edi.