Go‘zalkentlik yoshlar uchun yangi sport inshooti foydalanishga topshirildi
- 29.12.2018 17:32
- 208
- Samarqand
Past Darg‘om tumanidagi Go‘zalkent shaharchasida 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Sh.Mo‘minjonov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, Past Darg‘om tumani hokimi B.Sa’dullayev ishtirok etdi va mazkur muassasa kelgusida yosh avlodning jismonan sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib yetishida xizmat qiladigan dargohlardan biri bo‘lishi ta’kidladi.
Ushbu majmuaning qurilishi joriy yilning avgust oyida boshlangan bo‘lib, 2 milliard 800 million so‘mlik loyiha asosida bunyod etildi va 270 million so‘m qiymatidagi 34 xil sport inventarlari bilan ta’minlandi. Ayni paytda muassasada 1150 nafar yoshlar 20 dan ortiq murabbiy yordamida sportning 12 turi bo‘yicha mashg‘ulot olib borishni boshladi.
Abdujabbor PO‘LATOV,
Baxtiyor MUSTANOV (foto).
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa