Gretsiyadagi masjid toshbo‘ron qilindi
Gretsiyaning Trikala shahridagi Kurmush masjidi vandallar tomonidan toshbo‘ron qilindi. Bu haqda mahalliy Trikalanews.gr portali xabar berdi.
Nashrning fikricha, bu holat Turkiya Prezidenti Rajap Tayipp Erdo‘g‘anning Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish to‘g‘risidagi qaroriga javob bo‘lishi mumkin.
Hujum tunda uyushtirilgan, bir nechta odam masjid derazalarini toshbo‘ron qilib sindirgan.
Trikala ma’muriyati voqea haqida politsiyaga xabar berdi. Ayni vaqtda aybdorlar qidirilmoqda va bunday vaziyatlar boshqa takrorlanmasligi uchun zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Kurmush masjidi XVI asrda Osman shoh buyrug‘iga binoan me’mor Sinan tomonidan barpo etilgan va Gretsiya hududida saqlanib qolgan yagona tarixiy obida hisoblanadi.
Erdo‘g‘an tomonidan Avliyo Sofiya ibodatxonasiga masjid maqomi berilishini Gretsiya hukumati kuchli noroziliklar bilan qarshiladi. Gretsiya tomon YeI davlatlaridan Turkiyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qilishni talab qilmoqda.