Grenlandiyada katta miqdorda muz erishi kuzatildi

Shu yilning 1 avgust sanasida Grenlandiyada rekord darajada muz erishi qayd etildi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, okeanga erib tushgan muzning hajmi rekord darajadagi 12.5 milliard tonnani tashkil qilgan. Bu hajmda erigan muz Florida shtatini ikki santimetrli suv bilan qoplashga yetadi. Lenta.ru bu haqda Smithsonian nashriga tayanib xabar bermoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 1950 yilda olimlar muz massalarining erishini kuzatishni boshlaganlaridan beri bunday tez muz erishini endi kuzatishmoqda. Grenlandiya muz qobig‘ining 60 foiz yuzasi bir millimetrga erigan.
2012 yilda erish muz qobig‘ining 97 foizini egallagan edi, biroq bu safar, Grenlandiyaning eng yuqori nuqtasida joylashgan Summit Station kuzatuv stansiyasi havo xaroratining nafaqat eng rekord darajasini, balki davomiyligi bo‘yicha ham eng uzoq saqlanib turgan rekord darajani qayd etdi. 2019 yilda hozirgi kungacha 248 milliard tonna muz erigan, bu 2012 yil rekordiga yaqinroq (250 milliard tonna).
Yevropadagi jaziramalarga sabab bo‘lgan issiq havo oqimi Grenlandiya havo haroratini o‘rtachadan 15-30 daraja ko‘tarib yuborgan. Shu bilan birga, erigan suv muz qobig‘ini quyosh nurlarini qaytarish kuchini kamaytirmoqda, bu esa o‘z navbatida erish jarayonini kuchaytirmoqda. Shu sababli Arktika global isishga eng zaif mintaqalardan biri hisoblanadi.